
Rossiyaning Voronej shahrida yashovchi shaxs 19-qavatdan yiqilib, o‘rnidan turib, shifokorlarga «Muhabbat tushga o‘xshaydi» qo‘shig‘ini kuyladi.
Ma’lum qilinishicha, mast erkak turar-joy majmuasi derazalari ostida to‘xtab turgan mashina ustiga tushishga muvaffaq bo‘lgan.
Hodisa joyiga kelgan shifokorlar bunday balandlikdan yiqilib omon qolgan odamni ko‘rib hayron qolishgan.
«1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Vaziyat qoniqarli», — deyiladi hudud sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabarida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar