![Xitoy nima uchun Ukrainaga qarshi urushni qoralamaganini tushuntirdi](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-05_17-57-05.jpg)
Foto: The New York Times
Xitoy rahbari Si Szinpin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida aloqalarning yo‘qligi Pekin urushda Moskvani qo‘llab-quvvatlayapti, degani emas. Bu haqda Xitoyning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Fu Sun The New York Times'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Rossiyani qurol-yarog‘ bilan ta’minlamadi va Rossiyaning Ukraina hududlarini, jumladan, Qrim va Donbassni anneksiya qilishga urinishlarini tan olmadi.
“Xitoy bosqinni qoralamagani sababi u Rossiyaning NATO tajovuziga qarshi mudofaa urushi haqidagi da’volarini tushundi va asosiy sabablar G‘arb rahbarlari aytganidan ko‘ra murakkabroq deb hisobladi”, — deydi Fu Sun.
Shuningdek, u Si Szinpin nega Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga haligacha qo‘ng‘iroq qilmaganini tushuntirishga harakat qildi.
“Odamlar prezidentning qo‘ng‘irog‘iga berilib ketganini bilaman. Si Szinpin Zelenskiy bilan gaplashmayotgani Xitoyning Ukraina masalasida Rossiya tomonida ekanini anglatmaydi”, — deydi elchi.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va Ukraina o‘rtasida past darajadagi aloqalar tez-tez sodir bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar