date 22:20 / 11.04.2023
views 345

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida otishma: qurbonlar bor (video)

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida otishma: qurbonlar bor (video)

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma sodir boʻldi. Tomonlarning Mudofaa vazirligi halok boʻlganlar va yaralanganlar haqida xabar bermoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligiga koʻra, 11 aprel kuni uning Lochin yoʻnalishidagi pozitsiyalari Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan oʻqqa tutilgan. Vazirlik chegaradagi vaziyatni Armaniston tomonining provokatsiyasi deb atamoqda.

Belgilangan yoʻnalishda joylashgan boʻlinmalarimiz tomonidan koʻrilgan zarur chora-tadbirlar natijasida qarshi tomon katta miqdorda talafot koʻrdi. Ozarbayjon askarlari orasida ham halok boʻlgan va yaralanganlar bor”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan chegarada yuqori keskinlik saqlanib qolayotgani, dushman katta talafot koʻrayotgani haqida xabar berdi. Qoʻshimcha ma'lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.

Armaniston Mudofaa vazirligi, oʻz navbatida, aynan ozarbayjonlik harbiylar Tex hududida muhandislik ishlari olib borayotgan arman askarlariga qarata oʻt ochganini ma'lum qildi. Vazirlik arman kuchlari orasida yoʻqotishlar va yaradorlar borligini qayd etdi, qarshi tomon minomyotlardan foydalangani aytildi.

Arman ommaviy axborot vositalari allaqachon otishma oqibatida Armaniston Qurolli kuchlari maxsus armiyasi korpusi qoʻmondoni Armen Gyozalyan yaralanganini ma'lum qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda otishma joyidan video e'lon qilingan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga koʻra, Armaniston Lochin yoʻnalishida piyoda askarlar va ogʻir texnikalar toʻplamoqda. Arman harbiylari Ozarbayjon Qurolli kuchlariga qarshi artilleriya va dronlardan foydalanishga urinayotgani aytilgan. Armaniston parlamenti Ozarbayjon bilan chegaradagi vaziyat keskinlashgani tufayli majlisni toʻxtatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo