![Kiprdagi eng yirik bank rossiyalik mijozlarining hisobraqamlarini yopyapti](/uploads/posts/2023-04/8q3dx1bsacw8_f4gcokkqsfyarsqf39o.jpg)
Forbes.ru yozishicha, Bank of Cyprus rossiyalik mijozlarga ularning hisobraqamlari yopilgani haqida bildirishnomalar yuboryapti. Kiprdagi boshqa banklar ham shunday qarorga kelishi kutilyapti.
Forbes.ru ma’lumotlariga ko‘ra, Kiprning eng yirik Bank of Cyprus banki rossiyalik mijozlarga ularning hisobraqamlari yaqinda yopilishi haqida bildirishnomalar yuboryapti. Xatda foydalanuvchi ma’lumotlari «O‘z mijozingni bil» protsedurasi qoidalariga mos kelmasligi sababli qaror qabul qilingani aytiladi, deb yozadi Forbes jurnalining ruscha versiyasi 17 aprel, dushanba kuni Kiprda mijozlarga keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatuvchi Main Partner Trust kompaniyasi, shuningdek, bank sohasidagi manbaga tayanib.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, xabarnomalarda mijozlar hisobraqamlari ikki oy ichida yopilishi aytilgan. Main Partner Trust kompaniyasi bu choralar sababi Rossiyada soliq rezidenti maqomi, RFda sanksiyalar ostidagi biznesdan daromadning mavjudligi yoki rossiyalik mijozlarning Kiprda yashash uchun ruxsatnomasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, Hellenic Bank va Alpha Bank Gretsiya banklarining Kiprdagi bo‘linmalarida rossiyalik mijozlar hisobraqamlari yopilayotgani xabar berilgan. Main Trust Partner ushbu qarorlarni banklar RF kompaniyalari va jismoniy shaxslariga konsalting, marketing, IT, yuridik, muhandislik xizmatlarini ko‘rsatishni taqiqlovchi Britaniya va Amerika sanksiyalaridan xavotirda ekani bilan izohladi. Kompaniya Bank of Cyprus'dan keyin Kiprdagi boshqa banklar ham shunga o‘xshash qaror qabul qilishini kutmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar