![Xitoyliklar "dimog‘dor" Germaniya tashqi ishlar vazirini tanqid qilishdi](/uploads/posts/2023-04/19881987_016030731888_1920x0_80_0_0_06fcc751e6b5eac5bc7cca800eabfeda_jpg.webp)
Xitoyning “Guancha” portali o‘quvchilari Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokni Xitoyga tashrifidan so‘ng tanqid qilishdi. Bu haqda RIA Novosti portalda qoldirilgan izohlarga tayanib xabar berdi.
Portal maqolasida ta’kidlanishicha, vazir uzoq vaqtdan beri XXRga nisbatan qattiqqo‘l pozitsiyasi bilan tanilgan, bu lavozimga tayinlanganidan so‘ng “qadriyat diplomatiyasi” deb atalgan tamoyilga qat’iy amal qilgan.
Shu bilan birga, Germaniyaning amaldagi hukumati tomonidan “Xitoy strategiyasi”ni qiyin amalga oshirishi kansler idorasi va Tashqi ishlar vazirligining Pekinga nisbatan siyosatiga turlicha qarashlari bilan bog‘liq.
O‘quvchilar tomonidan qoldirilgan izohlar
“Xitoyda bunday nodon, dimog‘dor va ahmoq siyosatchi hatto tuman sudyasi ham bo‘la olmasdi”, qayd etdi Shi Syun.
“Men ushbu qadriyatlar diplomatiyasiga qarab, Germaniya uzoq vaqt turib bera olmaydi, deb o‘ylayman”, deydi Quentin1239.
“Biz Berbokni mamlakatga asosan uning dunyoqarashini kengaytirishga imkon berish uchun kiritdik. U ilgari Xitoyda bo‘lmagan, lekin shunday bema’ni gaplarni gapirgan”, deb yozadi Lawrenceglow.
“Berbok o‘z qarashlarini oshirish uchun Xitoyga kelgan internet yulduziga o‘xshaydi”, “Berbok - "axloqiy batut"da sakrab yuradigan odatiy siyosatchi. U ifoda va harakatlarda beparvo, bilimi yuzaki va haqiqatdan uzoqdir", deya qo‘shimcha qilgan qolgan o‘quvchilar.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar