![Tramp Kim Chen Inni ta’rifladi: «Ayyor va o‘ta shafqatsiz»](/uploads/posts/2023-04/1682080393_01.jpg)
AQSH sobiq rahbari Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In «ayyor» va «shafqatsiz» odam deya ta’rifladi.
Tramp bu haqda YouTube tarmog‘idagi Full Send Podcast kanalidagi onlayn chiqishida gapirgan.
«Juda aqlli, juda ayyor va juda shafqatsiz», deydi Tramp Shimoliy Koreya rahbari haqida.
Trampning qayd etishicha, Kim Chen In aqli tufayli o‘z mamlakatida xalq va harbiylar ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
Mezbonlar KXDR yetakchisini bir so‘z bilan ta’riflab berishni so‘rashganida, Tramp u «qiziq» inson ekanligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp to‘rt yillik prezidentligi davrida Kim Chen In bilan uch marta uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar