date
views 283

Texas aholisi misli ko‘rilmagan do‘l videosini ulashmoqda

Texas aholisi misli ko‘rilmagan do‘l videosini ulashmoqda
AQSHning ayrim hududlarida sovuq frontning shimoldan janubga siljishi tufayli bir necha kundan beri kuchli bo‘ronlar kuzatilmoqda. Yomon ob-havo kuchli shamol, momaqaldiroq va katta do‘l bilan birga kelgan.
 
Yakshanba kunidan beri Texasda yomon ob-havo hukm surmoqda. Chorshanba kuni sovuq frontning oldinga siljishi shtatning shimoliy va markaziy qismlarida kuchli yomg‘ir, do‘l va soniyasiga 30 metrdan tez shamol esishiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi weathernationtv.com.
 
Ob-havo prognozlariga ko‘ra, bo‘ronlar juma kunigacha davom etadi va tornado, momaqaldiroq hamda suv toshqinlari bilan birga bo‘lishi mumkin. Hudud ob-havoning beshta xavfli darajasidan uchinchisi deb e’lon qilindi. Elementlar changalida qolgan hududlar aholisi 26 aprel kuni ayrim aholi punktlarida kuchli do‘l yog‘ishi tasvirini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmoqda. Do‘lning hajmi tennis koptogicha bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texas aholisi misli ko‘rilmagan do‘l videosini ulashmoqda