19:50 / 03.05.2023
184

Bosniyalik musulmon haj ziyoratiga piyoda yo‘l oldi

Bosniyalik musulmon haj ziyoratiga piyoda yo‘l oldi
Haj ziyoratini ado etish uchun bir necha oydan beri Makkaga yo‘l olgan bosniyalik musulmon Enver Beganovich Iroqning Kirkuk shahriga yetib keldi, deb yozadi «Anadolu»ga tayanib Azon.uz.
 
52 yoshli Beganovich o‘tgan yilning 18 noyabr kuni Avstriyaning Vels shahridan 6600 km masofani bosib o‘tish uchun yo‘lga chiqqan edi. Erkak 28 yildan beri Avstriyada yashaydi. Bir oylik sayohati davomida u Avstriya, Slovakiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Kosovo, Makedoniya, Gretsiya, Turkiya va Iroq kabi 10 ta davlat hududidan o‘tdi. Sayyoh har bir davlatning bayrog‘ini o‘zi bilan olib yuradi.
 
«Yo‘lda hech qanday muammoga duch kelmadim, garchi minglab kilometrlarni bosib o‘tgan bo‘lsam ham. Aksincha, atrofdagilar meni iliq kutib olishdi va yordam berishdi, bu men kutganimdan ham ortiq edi», - deydi Enver.
 
Beganovich professional sportchi, dzyudo kurashchisi. Mashg‘ulotlar davomida chiniqqani uchun shunday mashaqqatli yo‘lga borishga qaror qilganini aytadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bosniyalik musulmon haj ziyoratiga piyoda yo‘l oldi