
Foto: Bolaning hozirgi ko‘rinishi / CNN
Amerikalik jarrohlar tibbiyot sohasida yangi ilmiy yutuqni qayd etdi va tug‘ilmagan bolaning miyasida birinchi muvaffaqiyatli operatsiyani amalga oshirdi. Bu haqda Science Alert xabar berdi.
Gap Boston bolalar kasalxonasi va “Brigham va ayollar kasalxonasi” shifokorlarining muvaffaqiyati haqida ketmoqda. Jarrohlar tug‘ilmagan bolaning miyasidan muammoli tomirni embolizatsiya qilish orqali uni saqlab qolgan.
Homilada arteriovenoz malformatsiyaning noyob tug‘ma kasalligi kuzatilgan. Odatda tomirlarning malformatsiyasi juda kam uchraydigan kasallik. O‘rtacha 60 ming chaqaloqning birida aniqlanadi.
AQSHda kuzatilgan holatda homiladorlikning 34-haftasi va 2-kunida chaqaloq miyasida katta qon tomiri aniqlangan. Ilgari bunday muammoga duch kelgan shifokorlar, odatda, chaqaloq tug‘ilgandan keyin jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.
Biroq mazkur holatda shifokorlar operatsiyani bajarishga ulgurmasligidan qo‘rqqan. Shuning uchun ular tavakkal qilib, ultratovush yordamida tug‘ilishdan oldin chaqaloqni operatsiya qilgan.
Ayni paytda kichkina bemor allaqachon 6 haftalik. Operatsiya yaxshi o‘tgan. Bachadondagi membranalarning yorilishi tufayli tug‘uruq muddatidan oldin amalga oshirilgan. Ammo bu ona va chaqalog‘ga zarar bermagan.

“Biz mamnuniyat bilan chaqaloq olti haftada o‘zini yaxshi his qilayotgani, hech qanday dori-darmon qabul qilmasligini aytmoqchimiz. Uning vazni ortgan va hozir uyida. Bola miyasida hech qanday salbiy ta’sirlar kuzatilmagan”, — deya jarrohlar o‘zlarining muvaffaqiyati bilan o‘rtoqlashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing