Yashash imkoniyati mavjud bo‘lgan yangi sayyora topildi

AQSh va Janubiy Koreyalik astrofiziklar qo‘shaloq yulduz atrofidan ekzosayyora topdilar. Mazkur ekzosayyora shu turdagi tizimlardagi ma’lum yo‘ldoshlar orasida eng yiriklardan hisoblanadi. Olimlar topilgan ob’ektda hayot kechirish mumkinligi inkor etishmayapti. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.
Kepler-1647b deb nomlangan osmon jismining qo‘shaloq yulduz atrofida aylanish davri 1107 sutkani tashkil etadi. Uning kattaligi Yupiter sayyorasiga teng va unda suv bo‘lishi mumkin.
Kepler-1647 tizimi Erdan 3.7 ming yorug‘lik yiliga teng masofada uzoqlikda joylashgan. Uning yoshi 4.4 milliard yilga teng va Erdan yoshroq deb baholanmoqda. Mazkur tizim ikki yulduzga ega, ular o‘zlarining vazifalariga ko‘ra Quyoshni eslatib yuboradi.
Mazkur ekzosayyora tranzit usul, ya’ni yulduzlar yorug‘ligi o‘zgarishiga qarab, ularning diski bo‘ylab o‘tadigan osmon jismini Kepler teleskopi bilan kuzatish orqali aniqlandi. Birinchi marta, Kepler-1647b 2011 yilda kuzatilgan. Olingan ma’lumotlar va suratlarni tahlil qilguncha bir necha yil talab etildi. Olimlar tadqiqot o‘tkazishda davom etmoqchilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing