date
views 821

Erdo‘g‘an: «Biz LGBT tarafdorlarini saylov qutilariga dafn qilamiz»

Erdo‘g‘an: «Biz LGBT tarafdorlarini saylov qutilariga dafn qilamiz»
Bu Turkiyada saylovoldi tashviqoti paytida yuz bergan birinchi jiddiy voqea. Prezidentlik saylovlariga bir hafta qolganida Erdo‘g‘anning raqiblari mitingda toshbo‘ron qilingan edi.
 
Turkiyada saylovoldi mitingi chog‘ida Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li va uning tarafdorlari toshlar “yomg‘iri” ostida qoldi. Voqea Erzurum shahrida yuz bergan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, 15 ga yaqin kishi jarohatlangan.
 
Imomo‘g‘li bo‘lajak prezidentlik saylovlarida yagona nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li ishtirok etayotgan muxolifat ittifoqi vakili. Qilichdoro‘g‘li g‘alaba qozongan taqdirda Imomo‘g‘li mamlakat vitse-prezidenti lavozimini egallashi mumkin.
 
Mahalliy matbuotning yozishicha, bu saylovoldi tashviqoti paytidagi mitinglar paytida yuz bergan birinchi jiddiy hodisadir.
 
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda tarafdorlari bilan uchrashdi. Bu mitingda, ma’lumotlarga ko‘ra, 1,7 million kishi qatnashgan.
 
«Adolat va taraqqiyot partiyasi va ittifoqimizdagi boshqa partiyalar hech qachon LGBT vakillarini qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki oila biz uchun muqaddasdir. Biz LGBT tarafdorlarini saylov qutilariga dafn qilamiz», degan edi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
 
Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, Erdo‘g‘an va uning muxolifatdagi asosiy raqibi Qilichdoro‘g‘lining g‘alaba qozonish imkoniyatlari taxminan teng. Turkiyada prezidentlik saylovlari 14 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an: «Biz LGBT tarafdorlarini saylov qutilariga dafn qilamiz»