00:09 / 12.05.2023
432

Krishtianu Ronalduga antiqa soat sovg‘a qilindi (foto)

Krishtianu Ronalduga antiqa soat sovg‘a qilindi (foto)

Krishtianu Ronalduga 26 dona oq olmosli hashamatli soat sovg‘a sifatida taqdim etildi. Soat portugaliyalik futbolchi sharafiga ishlab chiqarilgan.  Ularda Ronalduning gol nishonlayotgani tasvirini va bosh harflarni ko‘rishingiz mumkin.

Ronaldu ushbu suratni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi. "Daily Mail" nashrining yozishicha, bu soat 92 ming funt (taxminan 105 ming evro) turadi. Bu kollektsiyadagi to‘rtta soatdan biri. Eng qimmatini 119 ming funtga (taxminan 136 ming evro) sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2023 yildan buyon "An-Nasr"da o‘ynab kelmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo