16:46 / 26.05.2023
376

Janubiy Koreyada samolyot eshigi parvoz vaqtida ochilib ketdi (video)

Janubiy Koreyada samolyot eshigi parvoz vaqtida ochilib ketdi (video)
Videodan kadr
Janubiy Koreyada Asiana Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning avariyaviy chiqish eshigi Tegu shahriga parvoz paytida ochilib ketdi.
 
Airbus 321 samolyoti Janubiy Koreyaning Jeju orolidan Tegu shahriga uchayotgan edi. Asiana Airlines ma’lumotlariga ko‘ra, bortda 200 kishi bo‘lgan.
 
Yo‘lovchilardan birining telefoniga olingan hodisa videosi internetga joylashtirildi.
Tegu o‘t o‘chirish bo‘limi 12 kishi yengil tan jarohati olganini, to‘qqiz nafar yo‘lovchi havo yetishmasligi sabab kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
 
Eshikni uning yonida o‘tirgan yo‘lovchilardan biri ochgani taxmin qilinmoqda. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
 
Yo‘lovchilar orasida 48 nafar boshlang‘ich va o‘rta maktab sportchilari bo‘lgan. “Bolalar qaltirab, vahima ichida yig‘lashdi. Chiqishda o‘tirganlar eng ko‘p qo‘rqqan bo‘lsa kerak”, — deydi sportchilardan birining onasi.
 
Voqea sodir bo‘lganiga qaramay, samolyot eson-omon qo‘ngan, shundan so‘ng gumondor deb taxmin qilingan shaxs mahalliy hokimiyat tomonidan qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada samolyot eshigi parvoz vaqtida ochilib ketdi (video)
ePN