date
views 435

Ukrainadagi urushning 459-kuni: Baxmut shahrining Rossiya istilosidan keyingi ilk kadrlari

Ukrainadagi urushning 459-kuni: Baxmut shahrining Rossiya istilosidan keyingi ilk kadrlari

Ukrainadagi urushning 459-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Oliy Radaga Eronga qarshi 50 yil muddatga sanksiyalar joriy etishni taklif qiluvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Bu tashabbusga Eron Rossiyaga o‘q-dorilar va «Shahed» rusumli kamikadze dronlar yetkazib berayotgani sabab bo‘ldi.
  • 26 may kuni Dniro rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni to‘rt nafarga yetdi.
  • Britaniya razvedkasi va Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi, katta ehtimol bilan, hozirgacha Baxmutga olib kelinmagan. Bu pozitsiyalarda «Vagner» jangchilari o‘rnini «DXR» bo‘linmalari egallay boshlagan.
  • Politico nashrining yozishicha, Gretsiya va Vengriya o‘z kompaniyalari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketidan chiqarib yuborilishini talab qilmoqda. Sanksiyalarning 11-paketi Moskvaga sanksiyalarni aylanib o‘tishda yordam berayotgan g‘arb kompaniyalariga qarshi cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.
  • Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov region o‘qqa tutilishi muammosini Xarkiv oblasti qo‘shib olish bilan hal qilish mumkinligini aytdi.
  • Kiyev rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari rossiyaliklar 28 mayga o‘tar kechasi shaharga yuborgan barcha 40 dron urib tushirilgan.

Baxmutning ko‘p oylik otishmalar va janglardan keyingi ko‘rinishi

Baxmut uchun janglar 2022 yil yozida boshlangandi. Rossiya qo‘shini oylar davomida shaharni qamal qildi — 21 may kuni bu yo‘nalishdagi asosiy kuch sanalgan «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut to‘lig‘icha RF nazoratiga o‘tganini e’lon qildi. Ukraina tomoni buni rad etdi, shahar chekkalarida va uning atrofida to‘qnashuvlar hamon davom etayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Prigojin o‘z bo‘linmalarini Baxmutdan olib ketishini aytgan (yollanma jangchilar 1 iyunga qadar shaharni tark etishi rejalashtirilgan) — ularning o‘rniga RF muntazam armiyasi qismlari keltiriladi.

Keng ko‘lamli bosqinga qadar shaharda 70 ming kishi yashagan — 2023 yil martida Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk Baxmutda 4 mingdan kamroq kishi qolganini aytdi. Mahalliy ma’muriyatning 2023 yil boshidagi ma’lumotiga ko‘ra, qamal davom etgan oylar mobaynida Baxmutdagi binolarning 60 foizi vayron bo‘lgandi, may oyiga kelib esa — shaharda butun bino qolmadi.

«Bu fojia. U yerda hech narsa qolmagan», — degandi Volodimir Zelenskiy 21 may kuni Yaponiyadagi G7 sammitida va qo‘shimcha qilgandi: «Baxmut hozir faqat bizning qalblarimizda qolgan».

«Vagner» XHK yollanma jangchisi Baxmutdagi uylardan birining tomida
Baxmutning ko‘rinishi

«Vagner» XHK jangchisi shahar ko‘chalaridan birida

Kiyevga dronlarning tungi hujumi oqibatlari

28 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyevga uchuvchisiz uchar qurilmalar orqali hujum qildi — shahar rasmiylari bu hujumni Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon kuzatilgan «eng keng ko‘lamlisi» deb atadi. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, 50 dan ortiq dronlar urib tushirilgan. Ulardan birining parchasi Kiyev markazidagi Pechersk rayonida to‘qqiz qavatli uy tomiga tushib, yong‘in boshlangan. Shaharning janubi-g‘arbidagi Goloseyevskiy rayonida dron avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasiga kelib urilgan — bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan. Quyida hujum oqibatlari aks etgan suratlar.

Rossiyaliklar zarbasidan keyin yong‘in chiqqan hududda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchi
Foto: Ukraina FVDX
Paramediklar dronlar hujumi vaqtida halok bo‘lgan kiyevlikning jasadini ko‘zdan kechirmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda yashovchi kishilar rossiyaliklar droni parchasi tushishidan shikastlangan binolardan birining yonida
Vasilisa Stepanenko / AP / Scanpix / LETA
Kiyevda rossiyaliklarning urib tushirilgan droni parchasi tushgan uy tomi
Roman Pilipey / Getty Images
Kiyevlik kishi vayron bo‘lgan kvartirasida
Vasilisa Stepanenko / AP / Scanpix / LETA

Ukraina QK jangchilari frontga jo‘nab ketishdan oldin Kramatorsk vokzalida

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi urushning 459-kuni: Baxmut shahrining Rossiya istilosidan keyingi ilk kadrlari