06:00 / 03.06.2023
514

Dunyo bo‘ylab dollar gegemonligiga qarshilik kuchaymoqda

Dunyo bo‘ylab dollar gegemonligiga qarshilik kuchaymoqda
Foto: Bloomberg
AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritib, uning valyuta zaxiralarini muzlatib qo‘yganidan so‘ng, boshqa davlatlar dollarga qaramlikni kamaytirish ustida ishlay boshladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
 
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, “dunyoda dollarning gegemonligiga salbiy munosabat bildirilmoqda”. Ta’kidlanishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va aslida uning jahon bank tizimidan chiqarilishi mamlakatlarga o‘zini AQSH valyutasiga qaramligini eslatgan.
 
Braziliya va Xitoy savdoni o‘z milliy valyutalarida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan va bu jarayonda dollarni chetlab o‘tishga harakat qilgan. Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva aprel oyida BRIKS mamlakatlari o‘rtasidagi savdo uchun dollarga muqobil valyutani joriy qilishga chaqirgan edi.
 
Dollar hisob-kitoblar uchun oltindan keyingi valyutaga aylanishiga kim qaror qildi? Nega iyena emas, nega real emas, nega peso emas? Chunki bir paytlar bizning valyutalarimiz zaif edi va boshqa mamlakatlarda hech qanday qiymatga ega emas edi, — dedi Braziliya prezidenti.
 
Hindiston va Malayziya o‘zaro savdoni rupiyda amalga oshirishga qaror qildi. Shunga o‘xshash mexanizm ustida ish Hindiston va Rossiya o‘rtasida ham olib borilgan, biroq may oyida Reuters uning to‘xtatilganini e’lon qildi.
 
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney, Laos, Singapur va Myanma) mintaqaviy savdo va sarmoya uchun a’zo mamlakatlar valyutalaridan foydalanishni boshlashga qaror qildi.
 
Indoneziya ham Janubiy Koreya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri rupiya ayirboshlash bo‘yicha shartnoma imzoladi va g‘alaba qozondi.
 
Xalqaro hisob-kitoblar banki ma’lumotlariga ko‘ra, jahondagi barcha valyuta operatsiyalarining qariyb 88 foizi dollarda amalga oshiriladi.
 
Bloomberg agentligining qayd etishicha, xalqaro dollar oqimlarini qayta ishlovchi banklar AQSH Federal zaxira tizimida hisob raqamlariga ega bo‘lgani uchun ular mamlakat sanksiyalariga duchor bo‘ladi.
 
Aprel oyida AQSH moliya vaziri Janet Yellen dollar bilan bog‘liq sanksiyalardan foydalanish mamlakat valyutasining “gegemonligiga putur yetkazishi” xavfi borligini tan olgan edi.
 
Shu bilan birga, Yellen ma’lum sabablarga ko‘ra dollar jahon valyutasi sifatida qo‘llanilayotgani va davlatlar uchun bir xil xususiyatlarga ega muqobil topish qiyin bo‘lishini ta’kidlagan.
 
K2 Asset Management tadqiqot bo‘limi rahbari Jorj Bubourasning aytishicha, u “hech bo‘lmaganda keyingi avlod uchun hukmron valyuta sifatida dollar o‘rnini bosa oladigan aktivlarni ko‘rmayapti”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo bo‘ylab dollar gegemonligiga qarshilik kuchaymoqda
ePN