12:30 / 03.06.2023
460

Saakashvili Abxaziyani ozod qilishga tayyorlanishga chaqirdi

Saakashvili Abxaziyani ozod qilishga tayyorlanishga chaqirdi
Foto: Arxiv / “TASS”
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina g‘alaba qozonishiga, Gruziya esa Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarini qaytarib olishiga, natijada Ukraina—Gruziya chegarasi Psou daryosi bo‘ylab o‘tishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda Saakashvili Facebook’da yozdi.
 
Biz Abxaziya va Shida Kartlini (Shida Kartli hududining bir qismi tan olinmagan Janubiy Osetiya Respublikasi tarkibiga kiradi — tahr.) ozod qilishga hozirlik ko‘rishimiz kerak. Bu tuynuk tez orada ochiladi. Biz hammamiz rus armiyasi butunlay yo‘q qilinadigan, Moskvada esa tartibsizlik boshlanadigan paytdan unumli foydalanishimiz kerak”, — deb yozgan u.
 
Saakashvili Gruziyaning g‘alabasi bugun Ukraina armiyasi va prezident Vladimir Zelenskiyga bog‘liqligini ta’kidlab, kelajakda “Ukraina va Gruziya Qora dengiz sohilida umumiy chegaraga ega bo‘lishini” istisno qilmadi.
 
Biz Psouda Gruziya—Ukraina chegarasini tuzatishga tayyorgarlik ko‘ramiz!”, — dedi u.
 
Ma’lumot uchun, Psou — G‘arbiy Kavkazdan oqib o‘tadigan daryo. Rossiya (Krasnodar o‘lkasi) va Gruziya (o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Abxaziya Respublikasi) o‘rtasidagi davlat chegarasi ushbu daryo bo‘ylab cho‘zilgan.
 
Avvalgi postlaridan birida Saakashvili Aleksey Navalniyni Rossiyaning bo‘lajak prezidenti deb atagandi.
 
Hibsda saqlanayotgan Gruziya sobiq prezidenti Saakashvilining salomatligi keskin yomonlashgan. Siyosiy mahbus hozir hayot-mamot yoqasida ekanini ta’kidlagan. U qiynoqda o‘lishi Putinning g‘alabasi bo‘lishini qayd etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili Abxaziyani ozod qilishga tayyorlanishga chaqirdi
ePN