21:50 / 05.06.2023
586

Zelenskiydan Vitaliy Klichkoni Kiyev ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod qilishni so‘rashmoqda

Foto: John Moore / Getty Images

Dushanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning veb-saytida Vitaliy Klichkoni Kiyev shahar ma’muriyati rahbari lavozimidan chetlashtirishni talab qiluvchi ikkita petitsiya ro‘yxatga olingan.

Murojaat mualliflari o‘z talablarini Klichko belgilangan vazifalarni bajarmayotgani, xususan, bombapanohlarni tashkil etish ishlarini uddalay olmayotgani, shuningdek, uning ma’muriyati korrupsiyaviy janjallarga aralashib qolayotgani bilan izohlaydi. Bu murojaatlar Zelenskiy tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun ularning har biri 25 000 kishi tomonidan imzolanishi kerak. Hozirgacha petitsiyalarda 194 ta va 135 ta imzo to‘plangan.

Klichko ikkita lavozimni birlashtirgan — Kiyev meri va shahar ma’muriyati rahbari. Shahar meri aholi tomonidan saylanadi, ma’muriyat rahbari esa prezident tomonidan tayinlanadi. Qoidaga ko‘ra, saylangan mer o‘z vakolatining butun muddati davomida Kiyev ma’muriyatining rahbari bo‘ladi.

Klichkoning iste’fosi mavzusi 1-iyunga o‘tar kechasi havo hujumi paytida shaharning ko‘plab aholisi bombapanohlarga kira olmaganidan keyin yuzaga kelgan vaziyat fonida yana paydo bo‘ldi.

Ayni paytda Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati, politsiya va shahar ma’muriyatlari hamda xizmatlari vakillaridan iborat komissiya bombapanohlarni tekshirmoqda.

Shu bilan birga, Zelenskiyning veb-saytida ushbu tekshiruv paytida Klichkoni lavozimidan chetlashtirish to‘g’risida petitsiya paydo bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiydan Vitaliy Klichkoni Kiyev ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod qilishni so‘rashmoqda
ePN