00:45 / 09.06.2023
373

Bloomberg: Rossiya elitasi endi Putin urushda g‘alaba qozonishiga ishonmaydi

Bloomberg: Rossiya elitasi endi Putin urushda g‘alaba qozonishiga ishonmaydi
Foto: CNN
Rossiyaning Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonish istiqbollari hatto uni qo‘llab-quvvatlagan rus elitasining vakillari tomonidan ham past baholandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
 
Nashrga ko‘ra, Rossiya elitasini Putinning Ukrainadagi urush istiqbollari haqida chuqur tushkun kayfiyat qurshamoqda va hatto eng optimistik odamlar ham “muzlatilgan” konfliktni Kreml uchun eng yaxshi natija deb biladi.
 
Siyosiy va biznes elitasining ko‘plari urushdan charchagan va uning tugashini xohlaydi, lekin ular Putin jangni to‘xtatishiga shubha qiladi.
 
Vaziyat bilan tanish bo‘lgan yetti kishi bu bo‘yicha ma’lumot berib, mavzu nozik bo‘lgani uchun shaxsini oshkor qilmaslikni so‘ragan.
 
Hech kim prezidentga bosqin sababli qarshi bo‘lishni istamasa-da, uning yetakchiligiga bo‘lgan ishonchni shubha ostiga qo‘ydi”, — deydi ular.
 
Ikki manbaning aytishicha, eng maqbul natija yil oxiridagi muzokaralar bo‘lardi va bu Putinga Ukraina hududining bir qismini bosib olgan holda ruslarga g‘alabani e’lon qilish imkonini berardi.
 
Bosqindan keyin mamlakatni tark etgan Rossiya hukumatining sobiq maslahatchisi va hozirda Vena shahrida joylashgan Re:Russia tahlil markaziga rahbarlik qilayotgan Kirill Rogov fikricha, rus elitasi “bema’ni urushda aybdor bo‘lishdan qo‘rqadi”.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya elitasi orasida Putin urushda g‘alaba qozonmasligi haqidagi tushuncha “ajablanarli darajada keng tarqalgan”.
 
Garchi Rossiya armiyasi Kiyevni urush boshida qo‘lga kirita olmaganidan keyin g‘alaba nimaligini aniq bilmasa-da, Putinning o‘zi va uning yuqori martabali mulozimlari Rossiya g‘alaba qozonishini ta’kidlamoqda.
 
Beshta manba Rossiya prezidenti urushni tugatish istagini bildirmaganini ilgari surdi. To‘rt manbaning ta’kidlashicha, elitaning aksariyati vaziyatga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmasligiga amin.
 
Urushning oxiri ko‘rinmagan, Rossiya rasmiylari va milliarderlari ko‘p yillik xalqaro izolyatsiya va Kremlga qaramlik kuchayib borayotganini biladi, chunki Putin biznesni urush harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga undamoqda va atrofidagilarga lavozimni tark etishni taqiqlamoqda”, — deydi Bloomberg.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bloomberg: Rossiya elitasi endi Putin urushda g‘alaba qozonishiga ishonmaydi
ePN