11:21 / 10.06.2023
136

Putin Lukashenko bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Putin Lukashenko bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
"Umuman olganda, vaziyat barqaror, hatto yaxshi deb aytgan bo‘lardim. Bu yo‘nalishda hamkorlik qilmoqdamiz. Biz kelishib olgan eng nozik masalalar bo‘yicha hammasi reja bo‘yicha ketmoqda - 7-8 iyul kunlari tegishli qurollarni tayyorlash ishlari yakunlanadi. Va biz zudlik bilan sizning hududingizga tegishli qurol turlarini joylashtirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaymiz. Hammasi reja bo‘yicha, hammasi barqaror", — dedi Putin.
© Sputnik / Gavriil Grigorov
Ikki davlat rahbarlari iqtisodiy sohadagi hamkorlikka ham to‘xtalib o‘tdi. Moskva va Minsk o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tuzilmasi ijobiy tomonga o‘zgarmoqda, asosiy e’tibor nafaqat hamkorlikning an’anaviy yo‘nalishlariga, balki yuqori texnologiyali sohalarga ham qaratilmoqda, dedi Rossiya rahbari.
"Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘sib borayotgani haqida hozir gapirmayman. To‘g‘risi, xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraganda yaxshiroq, hozir alohida, yuzma-yuz gaplashamiz", - deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Lukashenko bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
ePN