15:35 / 10.06.2023
252

Kolumbiyada samolyot halokatidan omon qolgan 4 bola 40 kundan so‘ng topildi

Kolumbiyada samolyot halokatidan omon qolgan 4 bola 40 kundan so‘ng topildi
Foto: AP
Kolumbiyada 40 kun oldin sodir bo‘lgan yengil samolyot halokatidan omon qolgan to‘rt nafar bola topildi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
 
Cessna-206 samolyoti 1 may kuni dvigateli ishdan chiqqani sababli halokatga uchradi. Samolyotda to‘rt nafar bola (aka-uka va opa-singillar), ularning ota-onalari va uchuvchi bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan paytda bolalarning eng kichigi bir yoshda, qolganlari 4, 9 va 13 yoshda bo‘lgan. Samolyot topilganda, ichidan uch nafar yoshi katta insonning jasadi topilgan, biroq bolalar yo‘q bo‘lgan.
 
Bolalarni qidirish bilan harbiylar va mahalliy aholidan iborat 300 dan ortiq kishilik guruh shug‘ullangan. Avvaliga ular bolalar tunab qolgan joyni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Qutqaruvchilar bolalar uchun suv idishi, qaychi, soch uchun bog‘ichni topgan. Vertolyotlar junglilar uzra parvoz qilgan va bolalar buvisining ovozini karnaydan eshittirgan.
 
Bolalar kelib chiqishi bo‘yicha - mahalliy uitoto hindular qabilasidan. Ularning yaqinlari oziq-ovqat topish qobiliyati va tropik o‘rmonlar haqidagi bilim ularga omon qolishga yordam beradi deb umid qilishgan.
 
Bir oydan keyin bolalar topilganida, ular suvsizlangan va hasharotlar chaqib tashlagan holatda bo‘lgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, hozirda bolalar hayoti xavf ostida emas. To‘yib ovqat yemaganiga qaramay, bolalarning hech biri jiddiy kasal emas, hatto birinchi tug‘ilgan kunini o‘rmonda o‘tkazgan eng kichik bola ham.
 
Qutqaruvchilar mamlakatning tropik yomg‘irlar yog‘adigan, yovvoyi hayvonlar va qurollangan jangarilar ko‘p bo‘lgan eng xavfli hududlaridan birida bolalarning shunchalik uzoq vaqt tirik qolganidan hayratga tushgan. Qidiruv guruhi tomonidan o‘rmonga tashlab yuborilgan omon qolish to‘plamlari tufayli ular tirik qolgan bo‘lishi mumkin.
 
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro buni butun mamlakat uchun quvonch deb atagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyada samolyot halokatidan omon qolgan 4 bola 40 kundan so‘ng topildi
ePN