18:10 / 10.06.2023
145

Kaxovka GESning vayron bo‘lishi oqibatida yetkazilgan zarar 14 milliard dollarga baholandi

Kaxovka GESning vayron bo‘lishi oqibatida yetkazilgan zarar 14 milliard dollarga baholandi

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeyevning fikricha, Kaxovka GES vayron bo‘lishidan ko‘rilgan zarar taxminan 14 milliard dollarni tashkil etadi. Uning aytishicha, Xerson viloyatida baliqchilik xo‘jaligiga zarar yetkazilganligi sababli baliqlarning nobud bo‘lishi allaqachon qayd etilgan.

Janob Makeyevning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat natijasida 20 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlari bir necha yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan.

Don omborlari suv ostida. Qora dengiz portlarida butun dunyo bo‘ylab don yetkazib beruvchi kam sonli kemalarga yuklashga yetadigan don qolgan”, — dedi diplomat.

Kaxovka GES 6-iyun kuni portlash natijasida vayron bo‘ldi. Xerson viloyatida favqulodda holat rejimi joriy etilgan, u yerdan 6 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Vladimir Saldo yetkazilgan zararni kamida 1,5 milliard rublga baholadi. Rossiya va Ukraina sodir bo‘lgan voqeada bir-birini ayblamoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaxovka GESning vayron bo‘lishi oqibatida yetkazilgan zarar 14 milliard dollarga baholandi
ePN