03:08 / 11.06.2023
128

Kanada bosh vaziri Ukrainaga minglab snaryad va yuzlab raketalar va’da qildi

Kanada bosh vaziri Ukrainaga minglab snaryad va yuzlab raketalar va’da qildi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Ukrainaga e’lon qilinmagan tashrifi chog‘ida Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam va’da qildi, deb xabar berdi CTV.
 
CTV materialiga ko‘ra, kanadaliklar Ukrainaga 288 ta AIM-7 raketasi, 10 000 ta 105 millimetr kalibrli snaryadlarni jo‘natmoqchi, shuningdek, ukrainalik uchuvchilarni G‘arb jangovar samolyotlarini boshqarishga o‘rgatishda qatnashmoqchi.
 
Avvalroq, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga kelgani xabar qilingandi.
 
U safarini Rossiya bosqinida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan Mixaylv monastiridagi Xotira devoriga gulchambar qo‘yishdan boshladi. Shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, Oliy Radada nutq so‘zladi.
 
Bu Tryudoning urush boshlanganidan beri Ukrainaga ikkinchi tashrifi. O‘tgan safar u 2022 yil may oyida kelgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada bosh vaziri Ukrainaga minglab snaryad va yuzlab raketalar va’da qildi
ePN