22:20 / 11.06.2023
686

Qirg‘iziston sobiq prezidenti 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: Inbusiness.kz
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev “Qumtor” oltin konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha sirtdan o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda respublika Oliy sudi matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
 
Tegishli qaror Bishkekning Pervomay tumani sudi tomonidan qabul qilindi. Bakiyev mamlakatni 2005 yildan 2010 yilgacha boshqargan. Sud qarorida mol-mulk musodara qilinishi, Bakiyev uch yil muddatga davlat lavozimini egallash huquqidan mahrum etilishi keltirilgan.
 
Shunday qilib, hukmlarga qisman qo‘shilgan holda, Bakiyevning umumiy jazo muddati 30 yilni qattiq rejimdagi koloniyada o‘tashni tashkil qiladi.
 
“Qumtor” konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanuvchilar orasida mamlakat sobiq prezidentining kenja o‘g‘li Maksim Bakiyev ham bor. Sud uning mol-mulkini musodara qilgan holda unga 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
 
Bakiyev 2010 yilda davlat to‘ntarishi natijasida ag‘darilgan. Siyosatchi Qirg‘izistonni tark etgan va hozir Belarusda. U allaqachon Qirg‘izistonda mol-mulki musodara qilingan holda 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Bishkek Minskdan Bakiyevni ekstraditsiya qilishni bir necha bor talab qilgan, biroq har safar so‘rov rad etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston sobiq prezidenti 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
ePN