19:43 / 13.06.2023
228

Bayden Xitoy razvedkasini jilovlash choralarini qabul qildi

Foto: The White House

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Xitoy razvedkasining uchinchi davlatlar orqali ma’lumot to‘plashga urinishlari Vashington va Pekin o‘rtasidagi ziddiyat mavzulari ro‘yxatini kengaytirmoqda. 12-iyun kuni u Xitoy anchadan beri Florida shtatining janubidagi Kubadan turib AQSH to‘g‘risida ma’lumot to‘playotganini ta’kidladi va shu tariqa OAV ma’lumotlarini tasdiqladi.

Blinkenning aytishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden 2021-yil boshida lavozimga kirishgach, uning maʼmuriyati Pekin harbiy razvedka maʼlumotlarini yig‘ish uchun butun dunyo bo‘ylab logistika bazasini kengaytirishga urinayotganidan xabar topgan. Jumladan, 2019-yilda Xitoy “Kubada razvedka ma’lumotlarini yig‘ish institutlarini yangilagan”, dedi u. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Bayden maʼmuriyati avvalgi maʼmuriyatning baʼzi saʼy-harakatlariga qaramay, XXRga nisbatan yetarlicha choralar ko‘rilmagan, degan xulosaga kelgan, shu bois amaldagi prezident bevosita javob harakatlarini boshlashni buyurgan.

O‘shandan beri rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, yetarlicha natija bergan qator choralar ko‘rildi, dedi Blinken tafsilotga to‘xtalishni istamay. U, shuningdek, Vashington Xitoy razvedka bazalarini o‘z hududida joylashtirishni o‘ylayotgan davlatlar hukumatlari bilan aloqada ekanini ta’kidladi. “Mutaxassislarimizning fikricha, diplomatik sa’y-harakatlarimiz XXRning bu urinishlarini sekinlashtirgan”, — dedi u.

Xitoy razvedka agentliklari Kubada josuslik qilayotgani haqida OAV xabar bermoqda

Avvalroq The Wall Street Journal, Politico va boshqa nashrlar AQSH ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, Kubada Xitoy razvedka xizmatlari AQSHga oid ma’lumotlarni to‘playdigan baza mavjudligini xabar qilgandi. WSJ taʼkidlaganidek, Kuba Amerika qirg‘oqlariga yaqinligi tufayli Xitoy u yerdan turib Qo‘shma Shtatlarning ayrim hududlaridagi elektron aloqalarni tutib olish, shuningdek, Amerika kemalarining harakatini kuzatish imkoniyatiga ega.

10-iyun kuni AQSH maʼmuriyati vakili ushbu baza Bayden lavozimga kirishishidan oldin tashkil etilganini, bu muammo anchadan beri davom etayotgani, Vashington esa uni hal qilish uchun harakat qilayotganini taʼkidladi.

Blinken yaqin kunlarda Xitoyga tashrif buyurishi mumkin

OAVning tasdiqlanmagan xabarlariga ko‘ra, Entoni Blinken shu hafta Xitoyga tashrif buyuradi. U Xitoy rasmiylari bilan XXR razvedkasi masalasini muhokama qiladi, deb qayd etadi Politico. Blinken Pekinga borish rejalarini hali tasdiqlamadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Xitoy razvedkasini jilovlash choralarini qabul qildi
ePN