21:28 / 14.06.2023
274

Finlyandiya qirg‘oqlarida odamlarni tishlay oladigan baliq topildi

Finlyandiya qirg‘oqlarida odamlarni tishlay oladigan baliq topildi
Foto: Commons.wikimedia.org
Finlyandiya qirg‘oqlarida odamni tishlay oladigan olabo‘g‘i balig‘i (“okun”) topildi. Zoologlarning fikriga ko‘ra, bu turdagi baliqlar o‘zlarining uvildirig‘ini qo‘riqlash uchun odamlarga hujum qilishadi.
 
Agar odam baliq urug‘ tashlagan joyga suzib borsa, olabo‘g‘i albatta unga hujum qiladi, dedi Finlyandiya havaskor baliqchilar uyushmasi vakili Yuxa Oyaxaryu.
Yaxshiyamki, ushbu baliqlarning tishlari katta emas, lekin ular yengil jarohat yetkazishlari mumkin”, — dedi  Oyaxaryu.
 
Shu bilan birga, zoologlarning fikricha, olabo‘g‘ining bu turi mahalliy muhitga begona va boshqa baliqlar hamda suv o‘simliklari uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
 
Finlyandiya Tabiiy resurslar instituti vakili Sanna Kuningasning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiyaning janubi-g‘arbiy qismiga tishlovchi olabo‘g‘ilar maxsus olib kelingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiya qirg‘oqlarida odamlarni tishlay oladigan baliq topildi
ePN