23:04 / 15.06.2023
300

Si Szinpin Isroil-Falastin konfliktini hal qilish bo‘yicha uchta taklif aytdi

Si Szinpin Isroil-Falastin konfliktini hal qilish bo‘yicha uchta taklif aytdi
Foto: Reuters
Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashuvda Falastin muammosini hal qilish bo‘yicha uchta taklifni ilgari surdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
Birinchidan, Falastin masalasining asosiy yechimi 1967 yilgi chegaralar asosida to‘liq suverenitetga ega, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishdir.
 
Ikkinchidan, Falastin iqtisodining ehtiyojlari va xalqning turmush tarzi qondirilishini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat Falastinga taraqqiyot va gumanitar maqsadlarda yordamni oshirishi kerak. Uchinchidan, tinchlik muzokaralarida to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilish kerak”, — dedi Xitoy rahbari.
 
Si Szinpinga ko‘ra, muqaddas zaminga nisbatan “tarixiy status-kvoga hurmat ko‘rsatish”, “radikal va provokatsion so‘z hamda ishlardan voz kechish” zarur.
 
Bundan tashqari, Xitoy rahbari “kattaroq, nufuzli xalqaro tinchlik konferensiyasi”ni chaqirishga ko‘maklashish zarurligini aytdi.
 
Tinchlik muzokaralarini qayta boshlash uchun shart-sharoit yaratish va Falastin hamda Isroilning tinch-totuv yashashiga ko‘maklashish uchun haqiqiy sa’y-harakatlarni amalga oshirish kerak”, — dedi Si Szinpin.
 
U Xitoy tinchlik muzokaralarini rivojlantirishda ijobiy rol o‘ynashga tayyor ekanini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpin Isroil-Falastin konfliktini hal qilish bo‘yicha uchta taklif aytdi
ePN