date
views 204

AQSHning bir nechta agentliklari yirik kiberhujumga uchradi

AQSHning bir nechta agentliklari yirik kiberhujumga uchradi
AQSHning bir nechta federal agentliklari yirik kiberhujumga uchradi, deya xabar bermoqda CNN.
 
«Kiberxavfsizlik agentligi  ular foydalanadigan MOVЕit ilovasi bilan bog‘liq xakerlik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan bir nechta federal agentliklarga yordam bermoqda», – dedi Kiberxavfsizlik agentligi vakili Erik Goldshteyn.
 
Agentlik CNNning buzg‘unchilik ortida kim turgani va qancha bo‘limga ta’sir qilgani haqidagi savoliga javob bermadi.
 
Telekanal ikki hafta oldin AQSHning asosiy universitetlari va alohida shtatlarning hukumatlariga qarshi kiberhujumlar boshlanganini eslatdi. Xususan, Jons Xopkins universiteti xakerlar shaxsiy va moliyaviy maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashi mumkinligini ma’lum qildi.
 
Jorjiya Universitet tizimi ma’muriyati avvalroq ular kibr-xakerlik miqyosi va undan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararni o‘rganayotganini tasdiqlagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning bir nechta agentliklari yirik kiberhujumga uchradi