22:25 / 17.06.2023
650

Qozog‘iston prezidenti: “Bir hovuch yerimiz ham xorijliklarga berilmaydi”

Qozog‘iston prezidenti: “Bir hovuch yerimiz ham xorijliklarga berilmaydi”
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Respublika yerlari xorijliklarga sotilayotgani haqidagi xabarlarni yolg‘on va dezinformatsiya deb atadi. Bu haqda u Turkistondagi Milliy qurultoyda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
 
Yer — asosiy boyligimiz. Uningsiz davlatimiz ham bo‘lmaydi. Ajdodlarimiz bizga ulkan hududni meros qilib qoldirgan. Uni asrab-avaylab, obod qilish majburiyatimiz. Ba’zida yerimiz xorijliklarga sotilmoqda, degan fikrni eshitish mumkin.
Bu yolg‘on va dezinformatsiya. Yer masalasida biz qonun bilan mustahkamlangan fundamental qaror qabul qildik. Bir qarich ham, bir hovuch ham yerimiz chet elliklarga berilmaydi. Biz uni ko‘z qorachig‘idek asraymiz”, — dedi u.
 
To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, chegara hududlaridagi vaziyat bevosita mamlakat hududiy yaxlitligi va farovonligiga ta’sir qiladi.
 
Bu strategik ahamiyatga ega masala. Afsuski, ayrim chegaradosh aholi punktlarida aholi soni keskin kamayib ketdi. Bunga, jumladan, o‘sha paytdagi ayrim hududlarni birlashtirish to‘g‘risida qabul qilingan qaror ham ta’sir ko‘rsatdi. O‘tgan yili biz Abay, Ulitau va Jetisu viloyatlarini yaratdik. Bu qadam ushbu hududlarning rivojlanishiga kuchli turtki berdi”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti: “Bir hovuch yerimiz ham xorijliklarga berilmaydi”
ePN