Foto: Wikimedia Commons
Afrika davlatlarining Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha taklifi 10 bandga asoslanadi, dedi Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda.
Uning ta’kidlashicha, Afrika tashabbusi tinchlikka erishishga qaratilgan. Shu bilan birga, Ramafosaning fikricha, bu taklif boshqa tinchlik tashabbuslari bilan raqobatlashmasligi kerak.
«Biz ushbu mojaro doirasida Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikka erishishda vositachi bo‘lishga harakat qilmoqchimiz. Biz sizga 10 band taklif qilmoqchimiz», dedi u.
16 iyun kuni Afrika delegatsiyasi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda bir qator takliflarni berdi, dedi Siril Ramafosa.
«Biz unga siz [Putin] bilan uchrashuv o‘tkazishimizni va urush bo‘yicha sizning fikringizni ham tinglashimizni aytdik. Siz bildirayotgan nuqtai nazarga hurmat bilan quloq tutmoqchimiz», dedi u.
Ramafosa so‘zlariga ko‘ra, Afrika tinchlik tashabbusi mualliflari boshqa g‘oyalarni ham tan olishadi. «Bizning takliflarimiz ilgari surilgan boshqa takliflar bilan raqobatlashmasligi kerak», dedi Janubiy Afrika prezidenti.
Avvalroq, Ukraina mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal qilish bo‘yicha Turkiya, Braziliya va Xitoy tashabbus bildirgan edi. Keyinchalik, Vatikan ham bunday tashabbusni ilgari surdi. Indoneziya va Kamboja ham o‘z fikrlarini bildirdi. May oyi oxirida Kiyev, Moskva va bir qator Yevropa poytaxtlariga tashrif buyurgan Xitoy maxsus vakili Li Xuey hozircha harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun tomonlar pozitsiyalari bir-biridan juda uzoq ekanini tan oldi.
Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi