09:40 / 19.06.2023
370

Zelenskiy Ukrainadagi Patriot'larning birortasi ham yo‘q qilinmaganini aytdi

Zelenskiy Ukrainadagi Patriot'larning birortasi ham yo‘q qilinmaganini aytdi
Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 18 iyun yakuni bo‘yicha yo‘llagan videomurojaatida Kiyevdagi Patriot zenit-raketa komplekslarining birortasi ham yo‘q qilinmaganini aytdi.
Rossiyada kim bizning Patriot'larimiz yo‘q qilingani haqida aytgani ahamiyatsiz, ularning hammasi turibdi, hammasi ishlayapti”, — dedi u.
 
16 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida rossiyalik harbiylar Kiyev yaqinida beshta Patriot kompleksini yo‘q qilgani haqida aytgandi. Bir oy oldin Rossiya Mudofaa vazirligi “Kinjal” gipertovushli raketasi yordamida Kiyevdagi beshta Patriot va ko‘p funksiyali radar stansiyasi yo‘q qilinganini xabar bergan.
 
CNN va Reuters agentliklari Rossiya tomonidan yo‘q qilingani aytilgan Patriot kompleksi aslida minimal zarar ko‘rgani va Ukraina hududida ta’mirlanishi mumkinligi haqida yozdi. Keyinroq Pentagon kompleks xizmatga qaytarilganini ma’lum qildi.
 
9 iyun kuni AQSH Ukrainaga 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qilgandi. Xususan, paket doirasida ajratilgan pul Hawk raketa qurilmalari va o‘q-dorilar, shuningdek, Patriot havo hujumidan mudofaa tizmi uchun ilg‘or raketalarni sotib olishga sarflanadi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukrainadagi Patriot'larning birortasi ham yo‘q qilinmaganini aytdi
ePN