18:21 / 21.06.2023
209

Singapur milliarderlar hayoti uchun eng qimmat shahar deb topildi

Foto: Wikimedia

Shveysariyaning Julius Bayer ekspertlari milliarderlar uchun yashash eng qimmat bo‘lgan shaharlar reytingini tuzdi. Reytingda Singapur birinchi o‘rinni egalladi.

Singapurni birinchi o‘ringa qo‘yilishi sababi sifatida bu yerda turmush darajasining yuqoriligi va ko‘chmas mulkka talabning kuchli ekani bilan izohlangan.

Reytingning ikkinchi va uchinchi qatorlarini mos ravishda Shanxay va Gonkong egallagan. To‘rtinchi o‘rinda London, beshinchi o‘rinda esa Nyu-York bormoqda.

Reyting tuzuvchilari dunyoning 25 ta yirik shaharlarida daromadi 1 million dollar va undan ko‘p bo‘lgan odamlarning yashash uchun sarflaydigan mablag‘larini tahlil qilishdi. Bu yil ilk bor Dubay dunyoning eng qimmat shaharlari o‘ntaligiga kirdi (7-o‘rin). Bloomberg xabariga ko‘ra, ro‘yxatga Monako (6-o‘rin), Taypey (8-o‘rin), San-Paulu (9-o‘rin) va Mayami (10-o‘rin) ham kiritilgan.

Milliarderlar uchun yashash eng qimmat bo‘lgan shaharlar o‘nligi:

  1. Singapur
  2. Shanxay
  3. Gonkong
  4. London
  5. Nyu-York
  6. Monako
  7. Dubay
  8. Taypey
  9. San-Paulu
  10. Mayami

Avvalroq ekspertlar barcha uchun dunyodagi eng qimmat shaharlarni aniqlagan edi. O‘sha reytingda birinchi o‘rinni Nyu-York va Singapur egallagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapur milliarderlar hayoti uchun eng qimmat shahar deb topildi
ePN