22:57 / 21.06.2023
191

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilmaydi, biroq Ukrainaga berishi mumkin

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilmaydi, biroq Ukrainaga berishi mumkin
Foto: Getty Images
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan mablag‘larini qonuniy ravishda to‘liq musodara qila olmasligi haqidagi xulosaga keldi. Buning o‘rniga, ushbu aktivlardan Ukraina manfaati uchun vaqtincha qanday foydalanish haqida o‘ylamoqda.
 
Rossiya aktivlaridan foydalanish bo‘yicha ishchi guruh hisobotida aytilishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 200 milliard yevrodan ortiq (219 milliard dollar) mablag‘ini Ukrainaning tiklanishiga qanday sarflash mumkinligini o‘rganmoqda.
 
Hozir bu mablag‘larning katta qismi Belgiyaning Euroclear moliyaviy kompaniyasida saqlanmoqda. 2023 yil birinchi choragida ular bo‘yicha foiz stavkalaridan tushgan daromad taxminan 750 million yevroni tashkil qilgan.
 
Hozircha ishchi guruh «muzlatilgan yoki bloklangan aktivlarni musodara qilishning ishonchli huquqiy mexanizmini» ko‘rmayapti.
 
Buning o‘rniga ikkita variant o‘rganilmoqda: Markaziy bank aktivlarini qayta investitsiyalash va daromadlarni Ukrainaga berish yoki kutilmagan badal.
 
Ikkinchi variant shuni anglatadiki, Rossiya aktivlariga sarmoya kiritishdan katta daromad oladigan firmalar uning katta qismini Yevropa Ittifoqi idoralariga o‘tkazishi kerak. Keyinchalik bu mablag‘lar Ukrainaga beriladi. Bu Yevropa Ittifoqi uchun huquqiy xavflarni kamaytirishga yordam beradi, chunki aktivlar Yevropa davlatlarining bevosita nazorati ostiga tushmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilmaydi, biroq Ukrainaga berishi mumkin
ePN