08:53 / 22.06.2023
240

Turkiyaning yangi T925 vertolyoti ilk bor namoyish etildi

Turkiyaning yangi T925 vertolyoti ilk bor namoyish etildi
Turk aerokosmik sanoati (TAC) tomonidan ishlab chiqilgan T925 Utility vertolyoti birinchi marta Paris Airshow ko‘rgazmasida namoyish etildi.
 
TAC vertolyotlari, samolyotlari va uchuvchisiz havo vositalaridan iborat keng assortimentdagi mahsulotlari bilan dunyodagi eng muhim aviatsiya sanoati ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan Parijdagi Paris Airshow ko‘rgazmasidan o‘z o‘rnini egalladi.
 
Ko‘rgazmada kompaniyaning anchadan beri ustida ishlab kelayotgan T925 Utility vertolyoti birinchi marta taqdim etildi.
 
TAC Bosh direktori Temel Kotil, GÖKBEY vertolyotining Genel maksat" (Umumiy maqsad) toifasidagi birinchi original mahsuloti ekanini va ko‘rgazmaga qo‘yilgan ushbu yangi mahsulot "Genel Maksat-2" vertolyoti deb nomlanganini ma’lum qildi.
 
GÖKBEYning 6 tonnalik sinfda 12 kishilik sig‘imi bilan xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlagan Kotil, yangi vertolyotning xususiyatlari haqida shunday ma’lumot berdi:
 
“Harbiy dengiz floti o‘z askarlarini 18 tadan iborat bo‘linma shaklda sohilga olib chiqadi. Ularga kattaroq vertolyot kerak. Ushbu mahsulotni oyihalashda dengiz kuchlarining ehtiyojlarini hisobga oldik. T925 Utility  vertolyotimiz 20 kishini sig‘dira oladi. U TCG ANADOLU samolyot tashuvchi kemamizga qo‘na oladi, uning parraklari buklanadi.
 
Mudofaa sanoati boshqarmasi bilan O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi uchun shartnoma imzoladik. Ushbu vertolyotdan ular uchun 8 dona ishlab chiqaramiz. 4 tonna suvni tashiy oladigan vertolyotlarimiz 2026 yildan boshlab o‘rmon yong‘inlariga qarshi faol qo‘llana boshlaydi.
 
2025 yilda ATAK-2 vertolyotlarimiz o‘z xizmatini boshlaydi (ATAK -- TAS tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan og‘ir sinf hujum vertolyoti). Quruqlikdagi kuchlarga 3 dona ATAK-2 yetkazib beramiz. Ularning dvigateli Ukrainadan keladi.
 
ASELSAN (Harbiy elekron sanoat) GÖKBEY vertolyotining avionikasini yaratdi, ushbu vertolyotlarga o‘sha avioniklarni joylashtirmoqdamiz. Biz istalgan davlatning, istalgan kuchlarning -- quruqlik, havo, dengiz floti, jandarmeriya va politsiyaning hamda fuqarolik xizmatlarining vertolyotga bo‘lgan ehtiyojini qondira olamiz. Shu bois yangi vertolyotimizning ahamiyati juda yuqori. Bir yil ichida vertolyotning birinchi parvozi amalga oshiramiz. ATAK-2 yetkazib berish 2025 yildan, bu vertolyotni yetkazib berish esa 2026 yildan boshlanadi”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaning yangi T925 vertolyoti ilk bor namoyish etildi
ePN