11:43 / 22.06.2023
179

AQSHda laboratoriyada yetishtirilgan go‘shtni sotishga ruxsat berildi

AQSHda laboratoriyada yetishtirilgan go‘shtni sotishga ruxsat berildi
Foto: Olga Yastremska / Alamy Stock Photo
Qo‘shma Shtatlarda laboratoriyada ishlab chiqarilgan go‘shtni sotishga qonunan ruxsat berildi. AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi 21 iyun, chorshanba kuni Upside Foods va Good Meat firmalariga madaniy go‘sht deb ataladigan mahsulotni ishlab chiqarishga yakuniy ruxsat berdi.
 
Natijada, AQSH Singapurdan keyin laboratoriyada yetishtirilgan go‘shtni sotishga ruxsat bergan ikkinchi davlatga aylandi. Upside Foods buni «orzular ro‘yobga chiqishi» va «yangi davrning boshlanishi» deb atadi.
 
Ikkala Amerika kompaniyasi ham tovuq go‘shti yetishtirish bilan shug‘ullanadi. U po‘lat konteynerlarda o‘stirilgan hayvon hujayralari namunasidan olinadi.
 
Upside Foods ham, Good Meat ham dastlab yuqori darajadagi restoranlarga laboratoriyada yetishtirilgan go‘sht yetkazib berish niyatida. Ishlab chiqarish hajmini oshirgandan so‘ng, bunday go‘sht oziq-ovqat do‘konlariga yetkazib berilishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda laboratoriyada yetishtirilgan go‘shtni sotishga ruxsat berildi
ePN