Foto: EPA/TASS
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning prezidentlik saylovida asosiy raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li daxlsizlikdan mahrum qilingani munosabati bilan sudlanishi mumkin.
Cumhuriyet gazetasining yozishicha, saylovda yutqazgan Qilichdoro‘g‘li parlamentga kira olmadi, chunki ijro hokimiyati rahbari bo‘lgan prezidentlikka nomzod bir vaqtning o‘zida deputatlikka nomzod bo‘la olmaydi. Shu sababli u «immuniteti» - daxlsizligini yo‘qotgan.
Qilichdoro‘g‘lining advokati Jalol Chelikning ma’lum qilishicha, hozirgacha Qilichdoro‘g‘liga qarshi 28 ta da’vo qo‘zg‘atilgan va ular Anqara prokuraturasiga taqdim etilgan. Uning tushuntirishicha, o‘tmishdagi ba’zi ishlar Qilichdoro‘g‘lining daxlsizligi tufayli to‘xtatilgan edi, endi esa yana ochilishi mumkin.
Jurnalistlar tahliliga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘lining hozir sudda bo‘lgan barcha ma’lum ishlari to‘plansa, 110 yillik qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga, Qilichdoro‘g‘liga qarshi da’volarning aksariyati amaldagi prezident Erdo‘g‘anni haqorat qilish bilan bog‘liq va uning advokatiga ko‘ra, parlament minbaridagi chiqishlar tergovga tortilmaydi.
Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, bu sud jarayonlari Qilichdoro‘g‘li uchun siyosatdan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Ta’kidlanishicha, hatto bir yildan ortiq har qanday qamoq jazosi siyosiy taqiqni anglatadi.
14 may kuni Turkiyada navbatdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Birinchi tur natijalariga ko‘ra, nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmadi. Saylovchilarning 49,52 foizi Erdo‘g‘anga, 44,88 foizi uning asosiy raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘liga ovoz berdi. 28 may kuni Erdo‘g‘an va Qilichdoro‘g‘li saylovning ikkinchi bosqichida «to‘qnash keldi» va Erdo‘g‘an 52,24 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi, Qilichdoro‘g‘li 47,76 foiz ovoz to‘pladi.
Saylov natijalariga izoh bergan Qilichdoro‘g‘li, mamlakatdagi saylov jarayonini so‘nggi yillardagi eng adolatsizi deb atadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Diyetolog qanday qilib non iste’mol qilmasdan qisqa vaqtda ozish mumkinligini aytdi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Tramp: Rossiya Gitler va Napoleonni mag‘lub etgan, Moskva mag‘lubiyatini kutishning hojati yo‘q
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari