11:11 / 23.06.2023
497

Rossiya mudofaa vaziri: Hozir Rossiya taqdiri hal bo‘lmoqda!

Rossiya mudofaa vaziri: Hozir Rossiya taqdiri hal bo‘lmoqda!
Hozir Rossiya taqdiri hal bo‘lmoqda, uning geosiyosiy kelajagi belgilanmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
 
O‘rtoq ofitserlar, sizlar Vatanimiz taqdiri hal bo‘layotgan payt, mamlakatimiz uchun o‘ta mas’uliyatli vaqtda o‘qishni bitirdingiz. Mamlakatimizning geosiyosiy kelajagi belgilanmoqda”, - dedi Shoygu Kremlda oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga murojaat qilayotib.
 
Kollektiv G‘arb Rossiyaga qarshi haqiqiy urush ochdi, barcha kuchlari bilan uni sindirishga urinmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya mudofaa vaziri.
 
Shoygu Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilayotgani, tartibsizliklar va harbiy mojarolar keltirib chiqarilayotgani, qo‘shni davlatlar tomonidan Kiyev rejimiga katta harbiy yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.
 
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, harbiy OTMlar bitiruvchilaridan yuqori mohirlik, bor kuchini sarf qilishlik, zudlik bilan nostandart qaror qabul qilish va zimmasiga mas’uliyatni olish talab etiladi.
 
Sizlarga shaxsiy tarkibni o‘qitish va tarbiya qilish ishonib topshirilgan. Jangovar tayyorgarlikka maxsus harbiy operatsiya tajribasini dadil joriy eting”, - deya ta’kidladi Shoygu.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya mudofaa vaziri: Hozir Rossiya taqdiri hal bo‘lmoqda!
ePN