23:19 / 24.06.2023
1 249

Prigojin Moskvaga yurishni to‘xtatib, jangchilarini orqaga qaytarganini e’lon qildi

Prigojin Moskvaga yurishni to‘xtatib, jangchilarini orqaga qaytarganini e’lon qildi
Foto: Euronews
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin jangchilari bilan Moskvaga yurishni to‘xtatib, orqaga, dala lagerlariga qaytishini e’lon qildi.
 
«Vagner»ni tarqatib yuborishmoqchi edi. Kun davomida biz Moskvagacha 200 kilometr masofaga yaqinlashdik. Shu vaqt ichida jangchilarimizning bir tomchi qoni ham to‘kilmadi. Endi qon to‘kilishi mumkin bo‘lgan payt yetib keldi. Shuning uchun, bir tomondan rus qoni to‘kilishi bo‘yicha barcha mas’uliyatni anglagan holda, o‘z kolonnalarimizni orqaga buramiz va reja bo‘yicha dala lagerlariga qaytamiz», dedi u.
 
Bundan biroz oldin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muvaffaqiyatli muzokara o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu haqda «Pul Pervogo» xabar berdi.
 
«Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbiga «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi. Davlat rahbarlari birgalikdagi harakatlarga kelishib oldilar. Belarus prezidenti Rossiya prezidenti bilan kelishilgan holda o‘z kanallari orqali «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara o‘tkazdi.
 
Muzokaralar kun bo‘yi davom etdi. Natijada, ular Rossiya hududida qonli qirg‘inni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Yevgeniy Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning «Vagner» jangchilarini Rossiya hududida harakatlanishini to‘xtatish va keskinlikni yumshatish bo‘yicha keyingi choralarni ko‘rish taklifini qabul qildi.
 
Ayni paytda stolda «Vagner» jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlari bilan mutlaqo foydali va maqbul variant turibdi», deyiladi bayonotda.
 
24 iyun kuni tongda Yevgeniy Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni «Vagner»ga zarba berganlikda ayblab, Moskvaga «adolat marshi»ni boshlaganini e’lon qilgan edi.
 
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Vagner» jangchilarini qurolli isyonda ayblab, «Bu orqadan urilgan zarba, xiyonat», degandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prigojin Moskvaga yurishni to‘xtatib, jangchilarini orqaga qaytarganini e’lon qildi
ePN