06:19 / 28.06.2023
167

Pompeydagi 2000 yillik freskada pitssa rasmi topildi

Pompeydagi 2000 yillik freskada pitssa rasmi topildi

Foto: Italiya madaniyat vazirligi

Pompeyda arxeologlar yaqinda topilgan freskani o‘rganish chog‘ida unda pitssaga o‘xshash taom tasvirini topdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

2000 yillik freskada tasvirlangan yassi non zamonaviy taomning uzoq ajdodi bo‘lishi mumkin”, — deydi Italiya madaniyat vazirligi.

Lekin texnik jihatdan pitssa deb hisoblash uchun unda klassik ingrediyentlar yetishmaydi. Freska Italiya janubidagi uchastkada yaqinda olib borilgan qazish ishlari paytida novvoyxona yonidagi uyning zalida topilgan.

Freskada Pompeyda tez-tez uchraydigan natyurmort tasvirlangan: kumush patnisdagi sharob qadahi, anor va xurmo ko‘rinishidagi mevalar va non.

Pompey direktori Gabriel Zuchtriegelning aytishicha, bu “tejamkor va oddiy taom” hamda “kumush tovoqlar hashamati” o‘rtasidagi kontrastni ko‘rsatadi.

Bu borada Italiyaning janubida 'kambag‘al' taom sifatida vujudga kelgan, hozirda dunyoni zabt etgan va yulduzli restoranlarda ham beriladigan pitssa haqida qanday qilib o‘ylamaslik mumkin”, — deydi u.

Madaniyat vazirligi bayonotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda uydagi pech yonida uch kishining skeletlari ham topilgan.

Miloddan avvalgi 79 yilda Vezuviy vulqoni otilishi Pompeyni kulga ko‘mib, shahar va uning aholisini muzlatib qo‘ygan. Bu joy 16-asrda kashf etilganidan beri arxeologlar uchun boy manba bo‘lib kelgan.

Arxeologik hudud Yunesko tomonidan himoyalangan italyan pitssasining zamonaviy uyi hisoblangan Neapol shahridan atigi 23 kilometr uzoqlikda joylashgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pompeydagi 2000 yillik freskada pitssa rasmi topildi
ePN