23:33 / 30.06.2023
132

Virgin Galactic kosmoplani orbitaga ilk tijoriy parvozini amalga oshirdi

Virgin Galactic kosmoplani orbitaga ilk tijoriy parvozini amalga oshirdi

Virgin Galactic kosmik samolyoti o‘zining birinchi tijoriy suborbital parvozini amalga oshirdi, deb xabar berdi kompaniya tvitterda.

VSS Unity kosmik samolyoti bortida uch nafar yo‘lovchi va besh nafar Virgin Galactic kompaniyasining xodimi bo‘lgan. Yo‘lovchilar Italiya Harbiy-havo kuchlarining ikki polkovnigi va Italiya Milliy tadqiqot kengashi muhandisi edi.


Parvoz Nyu-Meksiko shtatidagi “Amerika” kosmodromidan amalga oshirildi. WK2 tashuvchi samolyoti VSS Unity kosmoplanini taxminan 15 kilometr balandlikka ko‘tardi, shundan so‘ng kosmik kema undan ajralib chiqdi. Keyin u deyarli vertikal ravishda taxminan 80 kilometr balandlikka ko‘tarildi, bir necha daqiqani vaznsizlikda o‘tkazib pasayishni boshladi. Parvoz boshlanganidan taxminan bir yarim soat o‘tgach, kema xavfsiz qo‘ndi.

Sky News aniqlik kiritishicha, kosmik samolyotning navbatdagi uchirilishi 2023 yil avgustiga rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Virgin Galactic har oy parvoz qilishni rejalashtirmoqda.

Al Jazeera nashrining yozishicha, kompaniya bo‘lajak reyslar uchun 800 ga yaqin chipta sotgan – ulardan 600 tasi 2005-2014-yillarda 200 mingdan 250 ming dollargacha bo‘lgan narxlarda sotilgan. Keyingi yillarda yana 200 ta o‘rin ajratildi. Ularning narxi 450 ming dollarga yetdi.

Virgin Galactic bir necha yillardan beri suborbital turistik parvozlarni tashkil etishga harakat qilmoqda. Kompaniya 2010-yillarning o‘rtalarida birinchi sayyohlarni parvozga jo‘natishni rejalashtirgan edi, biroq kosmik kemani ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish kechiktirildi.

2021 yil iyul oyida  Virgin Galactic  kompaniyasining egasi Richard Brenson  VSS Unity bortida muvaffaqiyatli suborbital parvozni amalga oshirgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Virgin Galactic kosmoplani orbitaga ilk tijoriy parvozini amalga oshirdi
ePN