date
views 487

Ronalduning qo‘shnilari uning dang‘illama uyi qurilishini tanqid qilishdi

Ronalduning qo‘shnilari uning dang‘illama uyi qurilishini tanqid qilishdi

Krishtianu Ronaldu qo‘shnilaridan biri Portugaliyaning Kashkaysh shahri chekkasida futbolchining uyi qurilishi bilan bog‘liq vaziyatni tasvirlab berdi.

"Hali kamida bir yillik ish bor. Biz charchadik. Qurilish ishlari mana uch yildan beri davom etmoqda. Uy shunchalik kattaki, kasalxonaga o‘xshaydi. Ko‘chamiz bir necha oydan beri yopiq, bog‘im changga to‘lgan. Hammasi fir’avn Ronalduning "piramidasi" tufayli", - dedi u.

Ma’lumki, Krishtianu Ronalduning dang‘illama hovlisi dastlab 2023 yilning iyuliga qadar qurib bitkazilishi kerak edi, biroq muddat keyinga surildi. Qurilish narxi 21 million yevrodan 25 million yevroga oshdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronalduning qo‘shnilari uning dang‘illama uyi qurilishini tanqid qilishdi