09:43 / 02.07.2023
364

Zelenskiy Qozog‘iston korxonalariga qarshi sanksiya kiritdi

Zelenskiy Qozog‘iston korxonalariga qarshi sanksiya kiritdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 291 yuridik shaxsga qarshi o‘n yilgacha muddatga sanksiya kiritdi. Bu ro‘yxatdan Qozog‘istonning ikki kompaniyasi ham o‘rin oldi. Bu haqda “Press.kz” xabar berdi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Ostonada ro‘yxatdan o‘tgan ITC-Astana mas’uliyati cheklangan jamiyati kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2013 yildan buyon kichik korxona chakana savdo bilan shug‘ullanadi.

Kokshetau shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Tinis” aksiyadorlik jamiyati ham shunday ro‘yxatga kiritilgan. U davlat mudofaa buyurtmasini bajaradi va ishlab chiqarishning asosiy qismi aviatsiyaga tegishli.

“Tinis” kompaniyasining to‘liq ulushi Kazakhstan Engineering’ga tegishli bo‘lib, u o‘z navbatida “Samruk-Kazyna” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli. U 2008 yilda Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan. Jamg‘armaning yagona aksiyadori Qozog‘iston hukumati hisoblanadi.

Ro‘yxatga Gruziyaning Georgian Airways aviakompaniyasi ham kiritilgan. Sanskiya Rossiyaga parvozlar qayta tiklanishi fonida qo‘llanilgan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Qozog‘iston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etish niyatida ekani ma’lum bo‘lgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Qozog‘iston korxonalariga qarshi sanksiya kiritdi
ePN