13:58 / 02.07.2023
218

Kolumbiya osmonida harbiy samolyotlar to‘qnashdi (video)

Foto: Videodan kadr

Kolumbiya harbiy-havo kuchlarining ikkita samolyoti mashg‘ulot vaqtida osmonda to‘qnashib ketdi. Bu haqda Semana nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gap A-27 Super Tucano samolyoti haqida ketmoqda. Voqea Bogotadan janubi-sharqda joylashgan Vilyavisensio shahridagi harbiy bazada sodir bo‘lgan.

Uchuvchilar 20-iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan paraddagi chiqishlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Samolyotlardan biri Apiay uchish-qo‘nish yo‘lagida, ikkinchisi Finca-Loreto sektoridagi uchish-qo‘nish yo‘lagidan bir kilometr uzoqlikda qulagan.

Qayd etilishicha, har ikki uchuvchi ham parashut (katapult) orqali yerga tushgan, biroq biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi esa shifoxonaga yetkazilgan.

Hodisa sabablarini o‘rganish uchun voqea joyiga taftish komissiyasi yuborilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiya osmonida harbiy samolyotlar to‘qnashdi (video)
ePN