13:06 / 05.07.2023
115

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi «Vagner» XHKni terrorchi tashkilot deb tan oldi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi «Vagner» XHKni terrorchi tashkilot deb tan oldi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Parlament assambleyasi (PA) Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini mohiyatan terroristik deb tan oldi.

«YEXHT Parlament assambleyasi «Vagner guruhi»ning qilgan xatti-harakatlari tabiatan va niyatiga ko‘ra haqli ravishda terrorchilik deb ta’riflanishi mumkinligini va shuning uchun milliy hokimiyat organlari tomonidan «Vagner guruhi»ni terrorchi tashkilot deb belgilashni asosli deb hisoblaydi», deyiladi 4 iyul, seshanba kuni Vankuverda nihoyasiga yetgan tashkilotning 30-yillik sessiyasi yakunida qabul qilingan YEXHT PA deklaratsiyasi matnida.

Ushbu hujjatda ta’kidlanganidek, «Vagner guruhi»ning faoliyati terroristik xususiyatga ega, chunki ular siyosiy maqsadlarga erishish uchun jangovar bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qasddan zo‘ravonlik qilish bilan tavsiflanadi».

Rossiya «Vagner» XHKning budjetdan moliyalashtirilganini «bir necha yil davomida inkor etganidan keyin» ochiq tan oldi, deb ta’kidlaydi YEXHT PA. Assambleyaga ko‘ra, bu fakt «Vagner guruhi»ning xorijdagi harakatlari uchun Rossiya javobgar ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi».

Bundan tashqari, tashkilot bir qator milliy parlamentlar, xususan, Ukraina, Litva, Latviya, Estoniya, Fransiya, Kanada, Belgiya va AQSH qonun chiqaruvchi organlari tomonidan «Vagner guruhi»ning terroristik harakatlariga qarshi qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishladi».


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi «Vagner» XHKni terrorchi tashkilot deb tan oldi
ePN