22:46 / 05.07.2023
238

Xitoyda ayol qizini onlayn o‘yinlardan chalg‘itish uchun unga plastik operatsiya sovg‘a qildi

Xitoyda ayol qizini onlayn o‘yinlardan chalg‘itish uchun unga plastik operatsiya sovg‘a qildi

Illustrativ foto: BBC

Xitoyda ona onlayn o‘yinlarga ishqiboz qiziga plastik operatsiya sovg‘a qildi. Ayol bu qizining real hayotga bo‘lgan qiziqishini orttirishiga ishongan. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Ayol qizining deyarli barcha bo‘sh vaqtini kompyuter o‘yinlari bilan o‘tkazishidan xavotirlanib, unga tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni taklif qilgan.

Xitoylik ayol operatsiyadan keyin qizi o‘zini ishonchli his qilishiga va bu uning virtual makondan tashqaridagi odamlar bilan muloqotga qaytishiga yordam berishiga ishongan. Yaqinda universitetga o‘qishga kirgan qiz onasining taklifiga rozi bo‘lgan. Plastik jarroh bemorning iyagi va burnini o‘zgartirgan, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan.

Biroq internet foydalanuvchilari bu voqeaga noaniq munosabatda bo‘lgan. Ba’zilar onalik yordamiga qoyil qolgan bo‘lsa, boshqalar bu muammoni boshqa usul bilan ham hal qilish mumkinligini bildirgan.

“Qizda emas, balki uning ota-onasiga ishonch yetishmaydi”, — deya munosabat bildirgan tarmoq foydalanuvchilardan biri.

Onaning muammoni plastik operatsiya bilan hal qilish usuli yordam bergani yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda ayol qizini onlayn o‘yinlardan chalg‘itish uchun unga plastik operatsiya sovg‘a qildi
ePN