18:00 / 06.07.2023
129

Germaniyada Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib ushlandi

Germaniyada Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib ushlandi

Foto: SP

Turkmaniston fuqarosi, besh nafar Tojikiston fuqarosi va Qirg‘iziston fuqarosi Germaniyada terrorchilik guruhini tuzish va unga a’zo sifatida qatnashishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bundan tashqari, bu shaxslar ISHID xorijiy terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda. Bu haqda 6 iyul, payshanba kuni Germaniya Oliy sudi bosh prokurori Piter Frank ma’lum qildi.

Operatsiya Oliy sudning tergov sudyasi tomonidan berilgan orderlar asosida Federal jinoyat boshqarmasi va Shimoliy Reyn-Vestfaliya bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Germaniya huquq-tartibot idoralari Niderlandiyadagi tergov organlari bilan yaqin hamkorlikda harakat qildi, u yerda yana ikki gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yetti nafar gumonlanuvchi bir-birini uzoq vaqtdan beri tanigan va radikal mafkuraga amal qilgan. Ukrainada urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay, ular deyarli bir vaqtning o‘zida Germaniyaga jo‘nab ketdi va 2022 yil iyun oyi oxirida Germaniyada ISHID tomonidan uyushtirilgan shov-shuvli teraktlarni amalga oshirish maqsadida terrorchilar uyasiga birlashdi.

Guruh ISHIDning xorijdagi mintaqaviy bo‘limi a’zolari bilan aloqada bo‘lgan. Gumonlanuvchilar Germaniyada hujum uyushtirishi mumkin bo‘lgan nishonlarni o‘rganib, qurol-yarog‘ qo‘lga kiritishga harakat qilgan, deya ma’lumot berdi Bosh prokuratura.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning ba’zilari 2022 yil aprel oyidan buyon ISHID uchun pul yig‘ib, bir necha bor xorijga o‘tkazgan.

Gumonlanuvchilar 6 va 7 iyul kunlari Oliy sudning tergov sudyasi huzuriga chaqirtiriladi, u ularni hibsga olish uchun order beradi va qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Avvalroq, may oyida Germaniyaning o‘nta hududidagi 100 dan ortiq obyektlarda tintuvlar o‘tkazilgan, Suriyadagi ISHID uchun mablag‘ to‘plaganlikda gumon qilingan yetti nafar shaxs qo‘lga olingandi, ularning deyarli barchasi - Germaniya fuqarolari.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib ushlandi
ePN