20:33 / 06.07.2023
284

Lukashenko Rossiyani sayyora kelajagi deb atadi

Foto: “TASS”

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani sayyora kelajagi deb aytdi. Bu haqda uning nutqiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Belarus rahbari xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda tegishli fikrni ilgari surdi.

“Rossiya — sayyora kelajagi. Hamma resurslar shu yerda, Rossiya ilg‘or texnologiyalar qila oladi: koinot, yadro texnologiyalari, qurollar va boshqalar”, — dedi u.

Shuningdek, Belarus prezidenti Rossiya “o'zini yanada faolroq ko'rsatishi kerak”ligini ta’kidladi.

“Moskva postsovet hududida birlashtiruvchi kuch bo‘lishi kerak”, — deya xulosa qildi Lukashenko.

Avvalroq u mazkur uchrashuvda Ukrainani iloji boricha tinchlik bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazishga chaqirgandi.

"Bugun yana bir bor o‘ylab ko‘rish kerak. Stolda muzokaralar to‘plami turibdi, murosaga kelish mumkin bo‘lgan masalalarning butun to‘plami mavjud. Ertaga buning iloji bo‘lmaydi. Bugun Ukraina bilan gaplashib, qandaydir tinchlik kelishuvlariga erishish mumkin.
Qarshi hujum deb atalmish amaliyotdan so‘ng vaziyat o‘zgaradi va Ukraina rahbariyati bilan gaplashishni istamasliklari mumkin”, — degan Belarus prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Rossiyani sayyora kelajagi deb atadi
ePN