date
views 322

Yerdagi o‘rtacha harorat eng yuqori tarixiy ko‘rsatkichni yangiladi

Yerdagi o‘rtacha harorat eng yuqori tarixiy ko‘rsatkichni yangiladi

Foto: AP

7 iyul kuni Yerdagi o‘rtacha harorat butun kuzatuvlar davri bo‘yicha maksimal darajada yangilandi. Buni sayyora holatini o‘lchash uchun sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va kompyuter simulyatsiyalaridan foydalanadigan Men universiteti (AQSH) ma’lumotlari tasdiqladi.

Bu joriy haftadagi uchinchi rekorddir. 3 iyul kuni sayyoramizdagi o‘rtacha havo harorati ilk bor Selsiy bo‘yicha +17 darajadan oshdi. 4 iyul kuni +17,18 daraja, 7 iyul kuni esa +17,23 darajaga yetdi.

Dunyoning ko‘plab hududlarida havo haroratining rekord ko‘rsatkichlari qayd etildi. Masalan, Xitoyning Szinsin viloyatida termometr ko‘rsatkichi Selsiy bo‘yicha 43,3 darajaga ko‘tarildi.

Pensilvaniya universiteti iqlimshunosi Maykl Mann 2021 yilgi tadqiqotga tayanib, bu muzlik davridan keyingi 120 ming yil ichidagi eng issiq kunlar ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga, olimlar raqamlarning bunchalik tez o‘zgarishi ancha jiddiy muammoning belgisi ekanini aytmoqda. Jumladan, ular Tinch okeanining ekvatorial qismidagi «El-Ninyo» hodisasi bu o‘zgarishlar sababchisi ekanini ta’kidlamoqda.

Iqlimshunoslarning qayd etishicha, yer sharining 70 foizini egallagan okeanlarda bir necha oy davomida rekord darajadagi issiqlik kuzatilmoqda. Bu dunyoning turli burchaklarida tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerdagi o‘rtacha harorat eng yuqori tarixiy ko‘rsatkichni yangiladi