20:00 / 09.07.2023
880

To‘xtatilgan namoz: Rossiya politsiyasi musulmonlar «anklaviga» qarshi qanday kurashmoqda?

To‘xtatilgan namoz: Rossiya politsiyasi musulmonlar «anklaviga» qarshi qanday kurashmoqda?

Moskva viloyatida musulmon obyektlariga reydlar davom etmoqda. 7 iyul kuni Kotelniki shahrining musulmonlar markaziga niqob kiygan qurolli shaxslar musulmonlar juma namoziga yig‘ilgan vaqtda bostirib kirgan. Reyd hujjatlarni tekshirishdan ko‘ra o‘ta xavfli jinoyatchilarni qo‘lga olish operatsiyasiga o‘xshardi. Musulmonlarga namozni to‘liq o‘qishga ruxsat berilmagan, ularni yuztuban yerga bosib, bolalarni qo‘rqitishgan, joynamozlarni oyoq osti qilishgan.

Musulmon jamiyati rahbari Salavat Ibatullin aytishicha, ular ko‘chadan bir hijobli ayolni tutib keltirib, uni yig‘latib, badaniga elektroshokerni tekkiza boshlashgan. Buyam yetmaganidek namozxona ichiga o‘t o‘chiruvchi moslamasini sepa boshlashgan. Kukunning kichik zarralari xavfli, chunki u nafas olish yo‘llariga kirsa, bo‘g‘ilishga olib kelishi mumkin.

Kotelniki shahar tumanida uchta musulmon jamiyati mavjud. Ularning barchasi Rossiya Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan, Moskva viloyati musulmonlari diniy boshqarmasi nazorati ostida bo‘lib, u o‘z navbatida Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi tarkibiga kiradi. Mahalliy namozxonalarda kamsituvchi reydlar muntazam o‘tkazilmoqda. Nafaqat namoz o‘qish, balki kafe va gamburgerlarga borish ham xavfli bo‘lib qolgan.

Shu bilan birga, reydlardan so‘ng millatchi shovinistlarning kanallarida  reydlar haqidagi videolar paydo bo‘la boshlaydi. Bu haqoratlarda islomofobiya tuslari borligini ham hech kim yashirmaydi. Bunday harakatlar terrorizmning kuchayishiga yordam beradi. Bu jamiyatni ichkaridan yo‘q qilishdir.

Moskvada 13,5 million aholiga atigi beshta masjid bor. Taqqoslash uchun: 9,6 million aholiga ega Londonda ularning 1,5 mingta, Nyu-Yorkda (8,6 million) - 257, Parijda (2,1 million) - 75. Moskva va Moskva viloyatida musulmonlar namozi uchun joylarning yetishmasligi katta muammo. Odamlar ko‘chada va ijaradagi binolarda namoz o‘qishga majbur. Islom Rossiya tarixiy merosining bir qismi va jamiyatda ikkinchi eng keng tarqalgan dindir.

Manba: Azon.uz


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘xtatilgan namoz: Rossiya politsiyasi musulmonlar «anklaviga» qarshi qanday kurashmoqda?
ePN