Ukrainaga mojaroda g‘alaba qozonishiga hech narsa yordam bera olmaydi, dedi Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor Judging Freedom kanaliga bergan intervyusida.
"Ukraina sarosimaga tushib qoldi. Ukraina eng yomon ma’noda halokat chizig‘idan bir qadamda. Bu falokat <...> U yerda har qanday qurol yetkazib berish hech narsani o‘zgartirmaydi. Hozir juda kech, bu tamom degani", — dedi Makgregor.
Shuningdek, u Ukraina mojarosi, NATO ichidagi bo‘linish tufayli ko‘plab G‘arb davlatlari umidsizlikka tushib qolganini ta’kidladi. Ukraina uchun, polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, "muzokaralar olib borish va mumkin bo‘lgan narsani olish"dan boshqa yo‘l yo‘q, chunki Kiyev Rossiyaga hech qanday shart qo‘yishga qodir emas.
Avvalroq Makgregor Ukraina Qurolli kuchlarida ko‘p sonli dezertirlik holatlari qayd etilayotgani, Ukraina fuqarolari esa mamlakatni to‘da-to‘da bo‘lib tark etayotgani haqida ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar orasida Zelenskiy siyosatidan norozilik kuchaymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!