Foto: Pixabay
Isroilda shifokorlar aql bovar qilmas operatsiyani amalga oshirdi, ular velosiped haydab ketayotganda mashina urib yuborgan bolakayning boshini qayta tikishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Fox News.
12 yoshli bola dahshatli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning boshi deyarli bo‘ynidan uzilib ketgandi.
Shifokorning qayd etishicha, operatsiyadan keyin omon qolish imkoniyati bemor uchun 50 foizni tashkil etgan. Vrachlar bunday jarohatdan keyin bola to‘laqonli hayot kechirish imkoniyatini saqlab qolishini taxmin qilishga ham qo‘rqqan. Shunga qaramay, 12 yoshli bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda va bir oydan so‘ng shifoxonadan chiqarilgan. Shifokorlar uddalagan ish chinakam mo‘jiza deb atalmoqda.
Foto: “stmegi.com”
Doktor Ohad Eynav, Ziv Asa va 12 yoshli Sulaymon Hasan
Tibbiyot professori va Landondagi Nyu-York tibbiyot markazining umumiy amaliy shifokori doktor Mark Sigel nima uchun operatsiya bunchalik muvaffaqiyatli bo‘lganini tushuntirdi. Uning fikricha, jarohat oqibatida bosh umurtqa pog‘onasidan ajralganiga qaramay, asosiy qon tomirlari butunligicha qolgan va miyani qon bilan ta’minlashda davom etgan.
Shuningdek, u, odatda, bunday operatsiyalar skeletning strukturaviy xususiyatlari tufayli bolalar va o‘smirlarda o‘tkazilmasligini, isroillik shifokorlar bolani qutqarishga muvaffaq bo‘lgani ularning yuqori professionalligidan dalolat berishini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!